Drachevskiy Leonid Vladimirovich (1942)


1999-2000 yillarda Rossiya Federatsiyasining MDH masalalari bo`yicha vaziri. 1942 yilda Alma-Ata shahrida tug`ilgan. 1992 yildan boshlab RF ning Tashqi Ishlar Vazirligida faoliyat ko`rsatgan. Favqulodda va muxtor elchining diplomatik rutbasiga ega. 1996-1998 yillarda RF ning Polshadagi elchisi, 1998-1999 yillarda RF ning tashqi ishlar bo`yicha vazirining muovini, hozirda esa RF Prezidentining Sibir federal okrugi bo`yicha muxtor vakili sifatida faoliyat ko`rsatmoqda.