KITOBXONGA MUROJAAT


HURMATLI KITOBXON!     YANGI MATERIALLAR 

2023 yil 10 mayda zamonimizning buyuk siyosat arbobi, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning bosib o'tgan yo'liga bag'ishlangan "Gaydar Aliyev merosi" nomi ostidagi elektron kutubxonaning faoliyat ko'rsatayotganiga 19 yil to'ldi.

50 tilda ish olib boradigan mazkur kutubxonada siz bu buyuk siyosatchining yuzlab ishlari - qilgan chiqishlarining, interv'yularining, uchrashuv va bayonotlarining matnlari, shuningdek maktublari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Haydar Aliyevning turli tillarda nashr etilgan bayonot va nutqlari siyosatshunoslar, iqtisodchi va jurnalistlar uchun, shuningdek Ozarbayjonning o'tmishi va kelajagi, yangi tarixi va ravnaqi bilan qiziquvchi kishilarga muhim ma'lumotlar beradi. Kitobxonlar yo'llagan maktublar shundan dalolat beradiki, bizning kutubxonamiz ular uchun kattа qiziqish uyg'otmoqda. O'tgan oz fursat ichida 200 dan ziyod mamlakatlardagi 100 mingdan ortiq kitobxonlar bizning kutubxonamiz bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo'ldilar, desak mubolag'a bo'lmaydi. Kutubxonamizning doimiy kitobxonlari orasida dunyoning ilg'or ilmi-tadqiqot markazlari, obro'li davlat tashkilotlari, mashhur matbuot nashrlari, kutubxonalar, yirik xalqaro nufuzdagi kompaniyalarning vakillari bor.

"Haydar Aliyev merosi" nomidagi Xalqaro elektron kutubxona nashr ishlari bilan ham shug'ullanadi. Bizning bir qator chet tillarda nashr etilgan kitoblarimiz bilan saytimiz orqali tanishishingiz mumkin.

"Haydar Aliyev merosi" nomidagi Xalqaro elektron kutubxona kun sayin yangilanib, boyib bormoqda. Sizning kutubxona haqidagi barcha fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz. 

office@aliyev-heritage.org

"Haydar Aliyev merosi" nomidagi Xalqaro elektron kutubxona bizning saytimizni chuqur o'rganib, o'zlarining fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashgan kitobxonlarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

 

Nashrimiz
 Ko`rib chiqish

RASM GALEREYASI 

Haydar Aliyev merosini o`rganish Markazi tadqiqot guruhi tuzgan yangi tarixiy ma`lumotnomalar:

1. Xojali fojiasi – insoniyatga qarshi jinoyat