Abulfayz Elchibey (1938-2000)


Ozarbayjonning siyosiy va davlat arbobi. Sobiq Sho`ro hukumati davrining dissidenti. 1992-1993 yillarda Ozarbayjon prezidenti bo`lgan. Hokimiyat tepasida turgan vaqtda Rus qo`shinlarining Ozarbayjondan olib chiqib ketilishiga va Kaspiy harbiy dengiz floti bir qismining Ozarbayjonga berilishiga erishgan. Tog`li Qorabog` ziddiyatida avval muayyan harbiy yutuqlarga erishilgan bo`lsada keyinroq yuz bergan mag`lubiyatlar, harbiy-siyosiy buhron natijasida hokimiyati zaiflashgan. 1993 yilning 4 iyunida Ozarbayjonning Ganja shahrida yuz bergan ko`tarilish vaqtida Bakuni tark etishdan avval, yani 1993 yilning 9iyunida Ozarbayjonning Naxchivon viloyatining rahbari, Sho`ro davrida Ozarbayjonga rahbarlik qilgan va SSSR Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasi Siyosiy Byurosining a`zosi bo`lgan Gaydar Aliyevni hokimiyat tepasiga kelishga da`vat etgan. Hokimiyat tepasiga kelgan Gaydar Aliyev o`lkadagi vaziyatni izga solgan. 1997 yilda Bakuga qaytib kelgan Elchibey Ozarbayjon Xalq Fronti Partiyasining raisi bo`lib Ozarbayjon prezidenti Gaydar Aliyevga muxolif siyosiy faoliyatini davom ettirgan. 2000 yilning 22 avgustida Turkiyaning Anqara shahridagi Gulhana harbiy tibbiyot gospitalida kasallik tufayli halok bo`lgan. Bakudagi faxriy xiyobonda dafn etilgan. Dafn marosimi davlat saviyasida tashkil etilib, unda Ozarbayjon prezidenti Gaydar Aliyev ishtirok etgan.