Shoh Ismoil Xatai


Ozarbayjon Safavilar davlatining asoschisi. Davlat arbobi va sarkarda, shoir. 1501 yilning kuzida Tabrizga kirib kelgan Ismoil o`zini shoh deb e`lon qiladi. Shu tarzda poytaxti Tabriz bo`lgan Ozarbayjon Safavilar davlatiga asos solinadi. U hukmronlik qilgan yillarda Safavilar davlati Yaqin Sharqning qudratli davlatlaridan biriga aylanadi. Turk, fors va arab tillarida go`zal she`rlar bitgan atoqli shoir Shoh Ismoil Xatai asarlarining ko`p qismini ona tilida yozgan. Uning davrida turk tili hokim va adabiy til sifatida ravnaq topibgina qo`ymay davlat tili darajasiga ko`tarilib diplomatik aloqalarda istifoda etilgan.