Ulug`bek Muhammad Tarag`ay


O`zbek astronomi, riyoziyotchi. Amir Temurning nevarasi. 1409 yilda Samarqand hokimi etib e`lon qilingan, otasi Shohruxning o`limidan so`ng Temuriylar sulolasining boshlig`i bo`lgan. Ulug`bek rasadxonasida tuzilgan yulduz katalogi uzoq davr mobaynida dunyodagi eng to`g`ri katalog sifatida tan olingan va Oksfordda nashr etilgan. Ulug`bek o`zbek tilida ko`p she`rlar yozgan, tibbiyot ilmiga qiziqqan.