Jozef Pulitser (1847-1911)


Muhojir Venger jurnalisti va noshiri. Ispaniya bilan AQSh o`rtasida urush boshlangan vaqtda Pulitserning "World" gazetasi Uilyam Xertsga tegishli "New York Morning Journal" bilan keskin raqobatga kiradi. Ayni shu kurash "sariq matbuot" ("yellow journalism") terminining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu termin gazetalarning raqobat vaqtida bosgan har bir qadami, yo`l-yo`rig`ini o`zida aks ettirardi.