Yeltsin Boris Nikolayevich (1931-2007)


Rossiyaning siyosiy va davlat arbobi. 1991-1999 yillarda Rossiya Federatsiyasining prezidenti. Mustaqil Rossiya Federatsiyasining demokratik saylov orqali saylangan birinchi prezidenti. Ozarbayjon bilan bog`liq munosabatlarda, shuningdek, Armaniston-Ozarbayjon Tog`li Qorabog` ziddiyatlariga aloqador ilg`or bayonotlar bergan bo`lsada ba`zan Rossiyaning bu masalalar bilan bog`liq siyosatida qator ziddiyatlar kuzatilgan. Xususan, bular Armanistonning qurol-yarog` bilan ta`minlanishi va Rossiyaning ziddiyatning yechilishidagi vositachiligida tazyiqqa yo`l berganligida namoyon bo`lgan.